AsosiyJamiyat

Bojxonachilar 210 million so`mlik tamaki mahsulotlari olib kirilishiga chek qo`yishdi

'Bojxonachilar 210 million so`mlik tamaki mahsulotlari olib kirilishiga chek qo`yishdi'ning rasmi

Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo`limi xodimlari DXXChQ xodimlari bilan hamkorlikda yurtimiz hududiga yirik miqdordagi tamaki mahsulotlarini noqonuniy olib kirishga uringan shaxsning qilmishlarini fosh etishdi.

Davlat bojxona qo`mitasi matbuot xizmati xabariga ko`ra, viloyatning Bekobod tumanidagi chegara hududida o`tkazilgan tezkor tadbir davomida tun qorong`isida og`ir qopni ko`targancha chegaradosh hududda izg`ib yurgan shaxs xodimlar tomonidan qo`lga olingan.

Aniqlanishicha, ushbu shaxs 1990 yilda tug`ilgan, fuqaro F.X. bo`lib, u mamlakatimiz hududiga umumiy qiymati 210 mln. so`mlik, jami 9590 quti tamaki mahsulotlarini bojxona to`lovlarni to`lamasdan olib kirishga uringan.

Xorijda ishlab chiqarilgan va aksiz markasi bilan markalanmagan Business Royals nomli ushbu tamaki mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olib qo`yilgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.

    Boshqa yangiliklar