Dunyo shifokorlari chekishni muayyan qoidalar asosida tashlash mumkinligini ma`lum qilishdi, deya xabar berdi Rosbalt nashri.
Masalan, bir kun sigaret chekmasangiz, o`zingizga sovg`a oling.
Sigaretni kamaytirish rejasini yozib, ko`zga tashlanarli erga osib qo`ying.
Chekishni tashlayotganingizni boshqalarga ham ma`lum qiling. Ular sizni qo`llab-quvvatlashadi.
Shakarsiz konfet va saqich ham chekishni tashlashga yordam beradi, qolaversa, sabzi, yong`oq, mevalar ham foydadan xoli bo`lmaydi.






