AsosiyDunyo

Xitoylik Li Sin`yun 256 yil yashagan

'Xitoylik Li Sin`yun 256 yil yashagan 'ning rasmi

Xitoylik Li Sin`yun Er sayyorasida tug`ilganlar ichida eng ko`p umr ko`rgan odam hisoblanadi, deya xabar qilmoqda Rambler nashri.

Li Sin`yun 1677 yili Si Szyan Sian shahrida tug`ilgan.

U butun umr o`simliklarni o`rganish bilan shug`ullangan.

U 71 yoshida jang san`atidan saboq bera boshlagan. Guvohlarning aytishicha, Li jismoniy mashqlarga ko`p vaqt ajratgan.

1877 yili Xitoy hukumati Lining 200 yoshi bilan alohida tabriklagan.

Li Sin`yun 1933 yili 6 mayda vafot etgan.

Lining 24 nafar ayoli va 200 dan ortiq farzandlari bo`lgan.

Ammo hozirgacha Lining uzoq umr ko`rish siri oshkor qilinmagan.

    Boshqa yangiliklar