AsosiyJamiyat

O`zbekiston hunarmandlari Hindistondagi yirik festivalda ishtirok etmoqda

'O`zbekiston hunarmandlari Hindistondagi yirik festivalda ishtirok etmoqda'ning rasmi

Mamlakatimiz hunarmandlari Hindistonning Xaryana shtatidagi Faridobod shahrida "Surajkund International Crafts Mela 2019" 33 - madaniyat festivali va hunarmandchilik yarmarkasida ishtirok etmoqda.

“Hunarmand” uyushmasi axborot xizmati taqdim etgan ma`lumotga ko`ra, Osiyodagi eng yirik hisoblangan mazkur festival 1987 yildan buyon o`tkazilib kelinadi. Har yili milliondan ziyod mehmon Hindiston va xorijiy mamlakatlarning an`anaviy hunarmandchilik mahsulotlari, madaniyati, an`anaviy hunarmandchilik mahsulotlari, an`analari va san`ati bilan tanishish maqsadida bu erga tashrif buyuradi.

Hunarmandchilik yarmarkasida ayni paytda dunyoning 30 ortiq mamlakatlaridan vakillar ishtirok etmoqda.

– Ushbu yarmarkada yog`och o`ymakorligi, adras, atlas, milliy liboslar milliy taqinchoqlar yo`nalishida 36 turdagi mahsulotlar bilan ishtirok etyapmiz, – deydi uyushma qoshidagi “Craft and Art” mas`uliyati cheklangan jamiyati rahbari Zafar Akbarov. – “Surajkund International Crafts Mela 2019“ kabi yirik tadbirlarda ishtirok etish ushbu tadbir mehmonlarini O`zbekistonning boy madaniy merosi bilan tanishtirish uchun ajoyib imkoniyat yaratadi.

3.jpg

O`zbekiston delegasiyasi kulolchilik, kashtachilik, va zargarlik buyumlari, yog`och o`ymakorligi kabi sohalarda mahorat darslari ham o`tkazmoqda. Taqdim etilgan asarlar o`zbek xalqining ma`rifati, an`analari, tarixi va madaniyatining go`zalligi va ko`p qirralari ekanligi namoyish etmoqda.

O`zA xabariga ko`ra, mazkur nufuzli festival joriy yilning 17 fevraliga qadar davom etadi.

    Boshqa yangiliklar