1

O`zbekistonlik kardiologlar noyob operasiyani amalga oshirishdi

Salomatlik 07.11.2014, 17:53
O`zbekistonlik kardiologlar noyob operasiyani amalga oshirishdi

Bir xil mijozlar bo`lmaydi, deya tasdiqlaydi shifokorlar, biroq 13 yoshli Sobitxon Rahimov akademik Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya markazi tug`ma yurak porogi bo`limining juda kam sonli mijozlaridan biriga aylandi.  

Bolani ota-onasi davolash uchun Namangan viloyat karidologiya markazi yo`llanmasiga ko`ra Uychi tumanidan olib kelishgan. Yuragi porogi kasalligi bolada ancha oldin aniqlangan, ammo operasiya qilishga qaror qilishmagan.

“Uzbekistan Today” axborot agentligining xabar berishicha, eng zamonaviy exokardiogarfiya va multispiral kompyuter tomografiyasi moslamalar yordamida o`tkazilgan tekshirishlar natijasida mutaxassislar bolada yurakdan butun tanaga qon tarqatuvchi qon tomir – aorta anomaliyasining kam uchraydigan turini aniqlashgan. Shundan so`ng uni operasiya qilishga qaror qilingan va operasiya muvaffaqiyatli amalga oshirilib, ayni paytda Sobitxon markazda davolanmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1