Rim papasi Fransisk Birlashgan Arab Amirliklariga uch kunlik safarni amalga oshirdi, deb xabar qildi Koreespondent.ru nashri.
U Arabiston yarimoroliga tashrif buyurgan ilk Rim-katolik cherkovi rahbariga aylandi. Rim papasi Abu-Dabiga parvozi oldidan BAAga tashrifini “Qisqa, lekin muhim safar”, deb atagan. Papa Fransiskni aeroportda valiahd shahzoda Muhammad ibn Zaydol Nahayyon kutib oldi. Tashrifi davomida papa Fransisk “Insoniy birodarlik” mavzuidagi xalqaro diniy uchrashuvda ishtirok etdi.