GM Uzbekistan korxonasi Captiva o`rnini bosishi lozim bo`lgan avtomobillarni ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda. Bu haqda “O`zavtosanoat“ AJ raisi o`rinbosari Aziz Shukurov 5 fevral kuni tashkil qilingan “O`zbekiston avtomobil sanoati: kechagi kun va kelajak istiqbollari” mavzusida matbuot anjumani vaqtida ma`lum qildi.
Ma`lumotlarga ko`ra, yangi turdagi avtomobillar 2019 yilning uchinchi choragidan boshlab ishlab chiqarilishi mumkin.
Hozircha aynan qaysi turdagi modellar O`zbekistonda ishlab chiqarilishi bo`yicha ma`lumot berilmadi. Hozircha uning krossover yo`l tanlamas tipda bo`lishi aniq, deb yozmoqda "Xalq so`zi" nashri.
Ma`lumot uchun oldinroq, xorij saytlarida Chevrolet Equinox modeli O`zbekistonda ham ishlab chiqarilishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi. Hozirgacha bu ma`lumot tasdiqlanmagan.
Eslatib o`tamiz, oldinroq GM Uzbekistan o`z nomini o`zgartirayotgani xabar qilingandi.