Prezident Administrasiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi tashkil etildi.
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 2 fevralda «Axborot sohasi va ommaviy kommunikasiyalarni yanada rivojlantirishga oid qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida»gi Farmoni qabul qilindi.
Mazkur Farmon bilan O`zbekiston matbuot va axborot agentligi negizida Prezident Administrasiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi tashkil etildi.
Shuningdek, yuridik shaxs tashkil etmagan holda O`zbekiston Respublikasining axborot sohasi va ommaviy kommunikasiyalarni rivojlantirishni qo`llab-quvvatlash jamg`armasi, O`zbekiston matbuot va axborot agentligining Ommaviy kommunikasiyalar sohasida monitoring markazi negizida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligining Ommaviy kommunikasiyalar masalalari bo`yicha markazi tashkil etiladi.