Davlatimiz rahbarining 5 fevralda qabul qilingan “O`zbekiston Respublikasida 2022 yilda aholini ro`yxatga olishni o`tkazish konsepsiyasini tasdiqlash to`g`risida”gi farmonida bu boradagi vazifalar belgilandi.
Hujjatda qayd etilishicha, Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzurida O`zbekiston Respublikasida 2022 yilda aholini ro`yxatga olishni o`tkazishga ko`maklashish bo`yicha hududiy komissiyalar tashkil etiladi.
Shuningdek, tegishli vazirlik va idoralarga 2019 yil 1 iyulga qadar O`zbekiston Respublikasining “Aholini ro`yxatga olish to`g`risida”gi qonuni loyihasini ishlab chiqish vazifasi yuklatildi.






