Salvadorda o`tkazilgan prezident saylovlari nihoyasiga etdi va natijalar e`lon qilindi, deya xabar qildi Report nashri.
Unga ko`ra, 37 yoshli Nayib Bukele 53 foiz ovoz to`plab g`alaba qozondi va mamlakatning yosh prezidentiga aylandi. U bunga qadar mamlakat poytaxti San-Salvador hokimi sifatida faoliyat olib borgan. Natijalar e`lon qilinganiga qaramay, hozircha Nayib Bukele prezident sifatida rasmiy tan olinganicha yo`q. Biroq uning raqiblari yosh prezidentning g`alabasini tan olishgan. U fuqarolarga jinoiy to`dalar tomonidan boshqarilayotgan jamiyatni tozalashga va madaniy hayotni qaytarishga va`da berdi. Fuqarolar ham uni rahbarligi ostida mamlakatda katta o`zgarishlar bo`lishiga umid qilishmoqda.






