AsosiyJamiyat

Toshkent shahrida saylov uchastkalari va ularning hududiy chegaralari belgilandi

Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashiga saylov o`tkazuvchi shahar saylov komissiyasida o`tkazilgan brifing joriy yilgi saylovga tayyorgarlik ishlariga bag`ishlandi. Bu haqda O`zbekiston Milliy axborot agentligi xabar bermoqda.

Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashiga saylov o`tkazuvchi shahar saylov komissiyasi raisi F. Mahmudxo`jaev va boshqalar O`zbekistonda fuqarolar, siyosiy partiyalarning saylov jarayonlarida erkin, faol ishtirok etishi uchun zamonaviy talablarga javob beradigan tashkiliy-huquqiy, moddiy-texnik sharoitlar, ularning saylov huquqlari to`liq amalga oshirilishining mustahkam kafolatlari yaratilganini ta`kidladi. Markaziy saylov komissiyasi rahbarligida davlat hokimiyati vakillik organlariga saylovlarga tayyorgarlik ko`rish va uni o`tkazishni ta`minlovchi saylov komissiyalarining yaxlit tizimi tashkil etildi.

O`tgan davrda xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashiga o`tkaziladigan saylov jarayonida bosqichma-bosqich amalga oshiriladigan saylovoldi tadbirlar rejasi ishlab chiqildi. Joylarda O`zbekiston Respublikasining «Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov to`g`risida»gi qonuniga amal qilinishini nazorat qilish va amaliy yordam ko`rsatish maqsadida shahar saylov komissiyasi a`zolari tumanlarga biriktirildi.

Toshkent shahri bo`yicha saylov uchastkalari va ularning hududiy chegaralari belgilandi. Saylovoldi tadbirlari bilan saylovchilarni keng xabardor etish maqsadida saylov okrugi va saylov uchastkalarining hududiy chegaralari, shahar va okrug saylov komissiyalari tarkibi matbuotda e`lon qilindi.

«O`zbektelekom» aksiyadorlik kompaniyasi Toshkent shahar telefon tarmoqlari filiali tomonidan barcha saylov okruglari va uchastkalari telefon aloqasi bilan ta`minlandi. Yong`in xavfsizligi boshqarmasi tomonidan saylov okruglari va saylov uchastkalarida tegishli o`rganishlar o`tkazildi. «Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov to`g`risida»gi O`zbekiston Respublikasi qonunining 11-moddasi 9-qismiga muvofiq saylovchilarga oid hujjatlar shakllari tasdiqlandi.

 

    Boshqa yangiliklar