AsosiyDunyo

Ramzan Qodirov Xabibning otasiga "Mersedes" ML sovg`a qildi

'Ramzan Qodirov Xabibning otasiga "Mersedes" ML sovg`a qildi 'ning rasmi

Xabib Nurmagomedov va uning otasi kecha Chechenistonda Ramzan Qodirov bilan uchrashishdi.

Tashrif chog`ida Abdulmanap Nurmagomedovga so`nggi rusumdagi «Mersedes» ML avtomobili taqdim etildi.

Bu haqida sportchi o`z Instagrami orqali ma`lum qildi.

"Otam Chechenistondan ana shunday sovg`a bilan qaytdi. Shunday sovg`a uchun, otamga, shuningdek Dog`istondagi oilalarga ko`rsatilayotgan e`tibor uchun rahmat aka. Siz Dog`iston uchun qilgan ishlaringizni men shaxsan bilaman.

Yaratgan sizga uzoq umr ato etsin. Checheniston xalqiga uzoq vaqt xizmat qilishingizni tilayman", - deya Ramzan Qodirovga minnatdorchilik xabarini qoldirdi Nurmagomedov Instagramdagi sahifasida.

    Boshqa yangiliklar