Buyuk Britaniya Bosh vaziri Tereza Mey Shimoliy Irlandiyaga Birlashgan Qirollik bilan shaffof chegarani saqlab qolishga va`da berdi, deb xabar qildi Report nashri.
O`z nutqi davomida Mey mintaqadagi boshqa davlatlar bilan ham chegarada to`siqlar paydo bo`lishining oldini olishi haqida gapirgan. Shu yo`l bilan Bosh vazir Shimoliy Irlandiyani ham Britaniyani Evroittifoq tarkibidan chiqishga ko`ndirishga urinmoqda.
“Britaniya hukumati aniq bir pozisiyaga rioya qilmoqda. Biz Breksitga kelishuvsiz bo`lsa-da, erishamiz, Irlandiya uchun Evroittifoq bilan muzokaralar olib boramiz”, - deydi Tereza Mey bayonoti chog`ida.






