AsosiyJamiyat

Toshkentda davlatlararo qidiruvga berilgan 21 yoshli qiz topildi

'Toshkentda davlatlararo qidiruvga berilgan 21 yoshli qiz topildi'ning rasmi

Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan davlatlararo qidiruvga berilgan 21 yoshli qizni topdi.

5 dan 6 fevralga o`tar kechasi soat taxminan 3:00 da Toshkent shahar IIBB PPX xodimlari Uchtepa tumanidagi Al-Xorazmiy ko`chasi bo`ylab trotuarda yolg`iz ketib borayotgan qizni ko`rib qolgan. Qizning tashqi ko`rinishi bedarak yo`qolgan qizning ta`riflariga mos tushgan.

Qizning shaxsini aniqlash, bunday kech vaqtda ko`chada yurishi sababini bilish hamda unga o`z vaqtida yordam ko`rsatish maqsadida, qiz Chilonzor tuman IIO FMB ichki ishlar bo`limiga keltirilgan.

Bu erda qizning ismi Nasiba K. ekanligi, u o`tgan yili bedarak yo`qolganligi va 2018 yil 28 noyabrda davlatlararo qidiruvga berilganligi aniqlandi. Nasiba o`z qarindoshlariga joylashgan joyi haqida ma`lum qilmaganligi sababi aniqlashtirilmoqda.

    Boshqa yangiliklar