AsosiyJamiyat

Oliy ta`lim vazirligining qator lisey va kollejlari Mudofaa vazirligi tasarrufiga berilishi mumkin

'Oliy ta`lim vazirligining qator lisey va kollejlari Mudofaa vazirligi tasarrufiga berilishi mumkin'ning rasmi

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida «Temurbeklar maktabi» harbiy-akademik liseylari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi hujjat loyihasi joylashtirildi.

Hujjat bilan O`zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiyasi hamda Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligining:

O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligining qator akademik lisey va kasb-hunar kollejlarini mavjud shtat birliklarini to`liq saqlagan holda O`zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tasarrufiga berish hamda ular negizida «Temurbeklar maktabi» harbiy akademik liseylarini tashkil etish to`g`risidagi takliflariga rozilik berilishi mumkin.

Temurbeklar maktablarining asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilangan:

  • O`zbekiston Respublikasi oliy harbiy ta`lim muassasalariga o`qishga kirish uchun bilimdon, keng dunyoqarashga ega bo`lgan, teran fikrlovchi, intellektual salohiyatli, jismonan baquvvat hamda o`z xalqi va ona Vataniga sadoqat bilan xizmat qilishga tayyor nomzodlarni tayyorlash;
  • yoshlar orasida o`zining qat`iy e`tiqodi, yot g`oyalarga nisbatan qarshi tura olishi, mafkuraviy immuniteti mustahkam hamda yuksak intizomga ega, javobgarlik va mas`uliyat tushunchalari yuqori bo`lgan yoshlarni shakllantirish;
  • harbiy xizmatchi uchun zarur bo`lgan boshlang`ich kasbiy bilim va ko`nikmalarga, yuksak vatanparvarlik va ma`naviy-axloqiy fazilatlarga ega, etuk va barkamol shaxs sifatida o`z dunyoqarashlari bilan boshqalarni ergashtira oladigan yoshlarni tarbiyalash;
  • etim, ota-ona qarovisiz qolgan, ijtimoiy nosog`lom oilalarda yashayotgan, davlat va jamiyat ko`magiga muhtoj bo`lgan yoshlarni o`qitish va tarbiyalash.

Shuningdek, Temurbeklar maktablari bitiruvchilariga O`zbekiston Respublikasi oliy harbiy ta`lim muassasalariga o`qishga kirishda test sinovlarida to`plash mumkin bo`lgan maksimal ballning 20 foizi miqdorida qo`shimcha ballar tarzidagi imtiyoz beriladi;

O`zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tasarrufiga berilayotgan Oliy va o`rta maxsus ta`limvazirligining akademik lisey va kasb-hunar kollejlarining
RO`YXATI

    Boshqa yangiliklar