Yangi Zelandiyada ommaviy o`rmon yong`inlari hamon davom etmoqda, deb xabar qilmoqda Report nashri.
Janubiy Orolda hozirga qadar 2 ming gektar maydon kulga aylangan. O`t o`chiruvchilar esa alangani bartaraf etish uchun bir necha kun ketishini ta`kidlashmoqda. Bu jarayonga esa 10 ta vertolyot, 12 ta o`t o`chirish brigadasi, 2 ta samolyot jalb qilingan. Ayni vaqtga qadar 100 dan ortiq uylardan odamlar evakuasiya qilingan. Ko`plab uylar esa butunlay yonib ketgan.






