Tailandda ikki nafar o`zbek ayoli pokistonlik sayyohning pul va telefonni o`g`irlash ayblovi bilan hibsga olindi.
"Pattaya polisiyasi boshlig`i, polkovnik Apishay Krobpet, O`zbekistondan ikki nafar ayolni 21,000 baht pulni, smartfon va bank kartasini o`g`irlaganlikda ayblab hibsga olishganini ma`lum qildi", - deyilgan "pattayapeople" nashr xabarida.
Ma`lum bo`lishicha, 29 yoshli Nargiza Ahmadieva va 43 yoshli Nasiba Siddiqova Pattayadagi barda pokistonlik bilan tanishadi va u yangi qiz do`stlarini o`z xonasiga taklif qiladi. Sayyoh uxlab qogandan keyin qizlar uni to`nab ketishadi.
Jabrlanuvching polisiyaga murojaatidan so`ng, huquq-tartibot idoralari xodimlari 29 yoshli Nargiza Ahmedova hamda 43 yoshli Nasiba Siddiqovani qo`lga olishgan.
Hibsga olish vaqtida shuningdek, Nasibaning turistik vizasi Tailandda tugaganligini aniqlangan.