AsosiyDunyo

BMT: 2018 yildagi tabiiy ofatlar 10 mingdan ortiq odam hayotiga zomin bo`ldi

'BMT: 2018 yildagi tabiiy ofatlar 10 mingdan ortiq odam hayotiga zomin bo`ldi'ning rasmi

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish boshqarmasining 2018 yil yakuni bo`yicha taqdim etgan bayonotiga ko`ra, joriy yilda Er yuzida yuz bergan tabiiy ofatlar oqibatida dunyo aholisining 10 ming 300 nafari halok bo`lgan, 60 milliondan ortiq insonlar turli darajada aziyat chekkan.

O`tgan yil Indoneziyada kuzatilgan sunami va zilzila uch yarim ming aholi umriga zomin bo`lgan bo`lsa, Gresiyadagi yong`in ofati Evropa tarixida 10 yil ichida kuzatilgan eng dahshatli yong`in deb qayd etilgan. Yong`in oqibatida 126 kishi halok bo`lgan. Mazkur yilda Kaliforniya o`rmonlarida yuz bergan yong`inlar AQSh tarixidagi eng yirik ofatlardan biri bo`ldi. Bundan tashqari ushbu yilda Evropaning ko`plab davlatlarida turli darajadagi o`rmon yong`inlari avj oldi. Xususan, yog`in ofati kam kuzatiladigan mamlakatlardan hisoblangan Shvesiyada ham iqlimning global isishi natijasida yirik o`rmon yong`inlari yuz berdi.

Mazkur yilda Afrika, Avstraliya, Evropa mamlakatlari hamda Yaponiya va Hindistonda kuzatilgan turli darajadagi suv toshqinlari, to`fonlar va zilzilalar oqibatida minglab dunyo aholisi tabiiy ofatlar qurboniga aylandi.

Bundan tashqari 2018 yilda Er yuzida sodir bo`lgan tabiiy ofatlar millionlab insonlarni boshpanasi, yaqinlari, ish joyidan mahrum etib, turmush hayotiga jiddiy ziyon etkazdi. Jumladan, ofatlar Hindistonda 24 million, Filippinda 6 milliondan ortiq, Xitoydagi 5 million aholi turmush tarzining murakkablashuviga sabab bo`ldi.

    Boshqa yangiliklar