AsosiyJamiyat

Xorijda tahsil olgan 14 nafar mo`ynoqlik fuqaroning diplomlari nostrifikasiya qilindi

'Xorijda tahsil olgan 14 nafar mo`ynoqlik fuqaroning diplomlari nostrifikasiya qilindi'ning rasmi

2018 yil 7 fevral kuni xorijda tahsil olganlik hujjatlarini tan olish va nostrifikasiya qilish bo`yicha ariza bergan mo`ynoqlik 14 nafar fuqaroning murojaatlari sayyor qabul asosida Nukus shahrida ko`rib chiqildi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning 2018 yil 15-16 noyabr kunlaridagi Qoraqalpog`iston Respublikasiga tashrifi davomida Qoraqalpog`iston Respublikasining Muynoq tumanida yashovchi chet davlatlarda o`qib bilim olganligi to`g`risidagi diplomlarini nostrifikasiya qilishni xohlagan fuqarolarga shart sharoit yaratish va kerak bo`lsa, imtihon jarayonlarini hududning o`zida tashkil etish vazifalari belgilangan edi.

photo5397876548306053559.jpg

Shunga muvofiq, 2018 yil 7 fevral kuni xorijda tahsil olganlik hujjatlarini tan olish va nostrifikasiya qilish bo`yicha ariza bergan mo`ynoqlik 14 nafar fuqaroning murojaatlari sayyor qabul asosida Nukus shahrida ko`rib chiqildi. Sayyor qabulda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta`lim sifatini nazorat qilish Davlat inspeksiyasi bo`lim boshliqlari Sanjar Obidov, Feruza Madraximova, Qoraqalpog`iston Vazirlar Kengashi raisi o`rinbosari Murod Jumanov, Davlat inspeksiyasining Qoraqalpog`iston hududiy bo`limi rahbari Ilyos Qunnazarov hamda komissiya a`zolari, xorijiy hujjatlarini nostrifikasiya qilishga talabgorlar va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.

photo5397876548306053560.jpg

Sayyor qabuldan keyin nostrifikasiya jarayoniga murojaat etgan 14 nafar fuqaroning barchasi test sinovlari va Ta`lim sifatini nazorat qilish Davlat inspeksiyasining buyrug`i bilan tasdiqlangan Ekspert komissiyasi suhbat jarayonidan o`tishdi. Talabgorlar imtihon topshirishlari uchun barcha shart sharoitlar yaratildi, testlar onlayn tashkil etildi. Test va suhbat jarayonlari kuzatuv kameralari orqali tasvirga olindi hamda shaffof, xolisona tashkil etildi.

Mo`ynoqlik talabgorlarning barchasi imtihondan muvaffaqiyatli o`tdi. Endi ular kelajakda ushbu nostrifikasiya qilingan diplomlari orqali ish faoliyatini boshlashadi va o`z hududlari rivojiga hissa qo`shishadi.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi

Ta`lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi

matbuot xizmati

    Boshqa yangiliklar