AsosiyJamiyat

Sanʼat muzeyining yubileyiga “Oʻzbekistonning jahon toʻplamlarida madaniy merosi” loyihasidan sovgʻa topshirildi

'Sanʼat muzeyining yubileyiga “Oʻzbekistonning jahon toʻplamlarida madaniy merosi” loyihasidan sovgʻa topshirildi'ning rasmi

Bugun, 8 fevral kuni O`zbekiston Davlat san`at muzeyining tashkil etilganligining 100 yillik yubileyiga bag`ishlangan "Sirli avangard" ko`rgazmasi ochildi.

Taniqli rus va o`zbek avangard rassomlarining noyob asarlaridan tashkil topgan ushbu ko`rgazma ilk marotaba o`tkazilmoqda.

Ko`rgazmada Rossiya va Turkiston avangardlarining 120 dan ortiq rasmlari namoyish etiladi.

Davlat san`at muzeyining kolleksiyasida R. Falk, P. Kandinskiy, A. Exter, A. Osmerkin, K. Malevich, A.Lentulov, L.Popova va boshqalar kabi rus avangard rassomlarining asarlari o`rin olgan.

Yubiley tadbirlarining muhim voqeasi "O`zbekistonning jahon to`plamlarida madaniy merosi" loyihasi doirasida nashr etilgan "O`zbekiston davlat san`at muzeyining to`plami" kitob-albomining taqdimoti, shuningdek, muzey kolleksiyasi haqida video va hujjatli film taqdimoti bo`ladi.


O`zbekiston Davlat san`at muzeyi 100 yil oldin ochilgan va Markaziy Osiyodagi ilk muzeylardan biridir. Vaqt o`tishi bilan u mamlakatning etakchi madaniy, ma`rifiy va ilmiy markazlaridan biriga aylandi.

    Boshqa yangiliklar