AsosiyJamiyat

Samarqandda qariyb 243 mln so`mlik dori-darmon vositalarini o`g`irlagan shaxslar ushlandi

'Samarqandda qariyb 243 mln so`mlik dori-darmon vositalarini o`g`irlagan shaxslar ushlandi 'ning rasmi

Samarqand shahrida dori-darmon vositalarini o`g`irlagan shaxslar qo`lga olindi. Bu haqda O`zbekiston IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar qildi.

Qayd etilishicha, Samarqand shahrida yashovchi A.T. IIBga murojaat qilib, shu yil 25 yanvarga o`tar kechasi noma`lum shaxslar Beruniy ko`chasida joylashgan korxona omborxonasidan umumiy qiymati 242 952 533 so`mlik, 129 turdagi dori-darmon vositalarini o`g`irlab ketganligini ma`lum qilgan.

"Ko`rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Jomboy tumani Xashdala ko`chasida yashovchi A.A. va Muqimiy 7-berk ko`chasida yashovchi Z.A.lar sodir etganliklari aniqlanib, ushlangan", - deyiladi xabarda.

Holat yuzasidan O`zbekiston Jinoyat kodeksining tegishli moddalariga muvofiq jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar