AsosiyJamiyat

​Leytenant Nadiya Dusanova O`zbekiston hisobiga yana ikkita medalni qo`shib qo`ydi

'​Leytenant Nadiya Dusanova O`zbekiston hisobiga yana ikkita medalni qo`shib qo`ydi'ning rasmi

O`zbekiston Mudofaa vazirligi sport klubi a`zosi leytenant Nadiya Dusanova o`z muxlislarini ikkita — oltin va bronza medallari bilan xushnud etdi.

Chexiyada o`tkazilgan «Hvězdy v Nehvizdech» («Yulduzlar Nexvizdeda») xalqaro turnirda joriy yil O`zbekistondan engil atletika turi bo`yicha Svetlana Radzivil va Nadiya Dusanova yuqori natijalarni ko`rsatib, yurtimizga medallar shodasini taqdim etdi. Mazkur xalqaro turnirda dunyoning 10 ta mamlakatidan kelgan 13 nafar sportchi o`zaro bellashdi.

1 fevral kuni Svetlana Radzivil balandlikka sakrash bo`yicha 183 santimetr ko`rsatgichga erishib, meksikalik Xumena Esquivel hamda Irlandiyadan kelgan Pippa Rogan ismli sportchilar bilan bir qatorda uchinchi o`rinni egalladi. Aynan shu kuni leytenant Nadiya Dusanova 192 santimetr natija bilan turnirning eng yuqori pog`onasidan joy egalladi.

Mudofaa vazirligi matbuot xizmati, xabariga ko`ra6 fevral kuni esa Nadiya Dusanova 190 santimetr balandlikka sakrab ushbu turnirda ikkinchi — bronza medaliga ega chiqdi.

    Boshqa yangiliklar