AsosiyJamiyat

Intellektual mulk agentligi Adliya vazirligi tizimiga o`tkazildi

'Intellektual mulk agentligi Adliya vazirligi tizimiga o`tkazildi 'ning rasmi

Intellektual mulk sohasida davlat boshqaruvini takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risidagi Prezident qarori qabul qilindi.

Qaror bilan, Intellektual mulk agentligi Adliya vazirligi tizimiga o`tkazilib, Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi etib qayta nomlandi.

Agentlikka Prezident tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan O`zbekiston Respublikasi adliya vazirining o`rinbosari – direktor boshchilik qiladi.

2019 yil 1 sentyabrdan boshlab tovar belgisini ro`yxatdan o`tkazish uchun taqdim etiladigan talabnomalar faqat elektron shaklda davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali topshirish tartibi joriy etiladi.

2019 yil 1 sentyabrdan boshlab patent vakillari har besh yilda kamida bir marta keyinchalik attestasiyadan o`tkazilgan holda intellektual mulk sohasida o`z malakalarini oshirishib boradilar.

    Boshqa yangiliklar