Fransiya va Italiya o`rtasidagi vaziyat tobora murakkablashib bormoqda. Fransiya tashqi ishlar vazirligi Italiyadagi elchisini maslahatlashish uchun chaqirtirib oldi, deb xabar berdi RIA Novosti nashri.
Bunga Italiya rasmiy shaxslari tomonidan Fransiyaga bildirilayotgan ta`na-malomatlar sabab bo`lgan.Vazirlik bergan bayonotga ko`ra, Fransiya Italiya bilan do`stlikka sodiq bo`lib qolishi, biroq Italiya Fransiyaning demokratik yo`l bilan saylangan hukumatiga hurmatsizlik qilayotgani ta`kidlab o`tilgan.Yanvar boshida Italiya bosh vaziri o`rinbosari Luiji Di Mayo Fransiyadagi “sariq nimchalilar” harakatini taslim bo`lmaslikka chaqirgan va siyosiy yordam taklif qilgan.Fransiya tomon esa Italiya hukumati a`zolarining bayonotlarini Fransiyaning ichki ishlariga aralashuv deb baholamoqda.






