O`zbekiston-Ozarbayjon biznes forumi doirasida Qashqadaryo viloyati hokimi o`rinbosari Oybek Shagazatov hamda «Matanat A» kompaniyasi vise-prezident Mays Gasimov tomonidan shartnoma imzolandi. Unga ko`ra, «Matanat A» kompaniyasi tomonidan Qamashi tumaniga 20 million evrolik to`g`ridan-to`g`ri sarmoya kiritilib, quruq qurilish aralashmalari, gips buyumlari, gips bloklari va panellari ishlab chiqaradigan zamonaviy zavod barpo etiladi.
«Matanat A» kompaniyasi sement va gips asosidagi quruq qurilish aralashmalari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan mintaqadagi etakchi tuzilmalaridan biri sanaladi. Ozarbayjonda ekologik toza va zararli bo`lmagan qurilish materiallarini ishlab chiqarish borasida ilg`or.

Kompaniya zamonaviy uskuna va texnologiyalarning innovasion turlari bilan jihozlangan.
Shuningdek, ushbu nufuzli muassasa Evropaning qator davlatlari, jumladan, Rossiya va Turkiyada ham qator korxona va zavodlarga egalik qiladi.






