Farg`ona viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo`limi xodimlari Farg`ona tumanining chegaradosh hududida tezkor tadbir o`tkazdi, deya xabar bermoqda Davlat bojxona qo`mitasi matbuot xizmati.
Tadbir davomida yurtimizga umumiy qiymati 24,2 million so`mlik 22 dona «FULL HDTV» nomli televizorlarni noqonuniy olib kirilishini oldi olingan.
Shuningdek, tezkor tadbir davomida Farg`ona viloyati Marg`ilon shahrida yashovchi Yu.A.ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida ko`zdan kechirildi. Natijada uning uyidan bojxona rasmiylashtiruvidan o`tganligini tasdiqlovchi hujjatlari bo`lmagan, jami 32 dona umumiy qiymati 37 million so`mlik «Yasin» va «LED HD TV» nomli televizorlar borligi aniqlandi.
Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan tekshiruv harakatlari olib boriliyotgani ma`lum qilingan.






