Internet tarmog`ida rejissyor Gay Richining “Olovuddin” nomli yangi filmining suratga olish jarayonidagi suratlari paydo bo`ldi, deya xabar bermoqda Film.ru nashri.
Bosh rolardan birini mashhur aktyor Uill Smit ijro etib, u Jin rolida paydo bo`ladi.
Shuningdek, filmda Naomi Skott, Mena Massud va Nozim Pedrad ham surtga tushadi.
Film syujeti o`sha mashhur “Olovuddin” ertagi bo`yicha hikoya qilinsa-da, bunda rejissyor Gay Richining o`ziga xos uslubi sezilib turishi turgan gap.