2014 yilning 12 noyabrida «O`zbekiston havo yo`llari» Milliy aviakompaniyasining eng yirik bo`linmasi — Uzbekistan Airways Technics aviakorxonasi o`zining 90 yilligini nishonlaydi. Bu haqda MAK matbuot xizmati xabar bermoqda.
1924 yilda tashkil topgan aviata`mir korxonasida dastlab 15 ishchi — asosan harbiy aviamexaniklar — o`sha davrdagi samolyotlarni ta`mirlash bilan shug`ullangan. Aviakorxonaning butun tarixi davomida 80 mingdan ortiq samolyotlar kapital ta`mirdan chiqarilgan.
Bugungi kunda UAT aviakorxonasi barcha tegishli sertifikatlarga ega bo`lgan holda, nafaqat «O`zbekiston havo yo`llari» MAK, balki ko`plab xorijiy aviakompaniyalarning havo kemalariga texnik xizmat ko`rsatadi va ularni ta`mirlaydi.





