2019 yil 1 fevral kuni jinoyat ishlari bo`yicha Navoiy viloyati Karmana tuman sudining ochiq sayyor sud majlisi Karmana tuman “Ziyokor“ MFY binosida raislik qiluvchi sudya A.Saydullaev boshchiligida fuqaro H.Sharipovga nisbatan jinoyat ishi ko`rilib, hukm o`qildi. Bu haqda O`zA xabar bermoqda.
H.Shokirov 5 dona 100 kupyuradagi jami 500 AQSh dollarini qalbakilashtirib, 2018 yil 26 iyul kuni ertalab o`zi tomonidan yasalgan qalbaki 400 AQSh dollarini tanishi F.Shoimov orqali Samarqand viloyatida noma`lum shaxslarga o`tkazib, shu kuni Karmana tumani hududida joylashgan “Kapital” kafesiga kiradi va qolgan 100 AQSh dollarini o`tkazish maqsadini ko`zlagan vaqtida Navoiy viloyati IIB hamda tuman IIB JQB xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan jinoyat ustida qo`lga olingan.
Jinoyat ishi yuzasidan mavjud dalillar va guvohlar ko`rsatmalari har taraflama, sinchiklab tekshirilib, O`zbekiston Respublikasi JPKning 211,454-457, 460, 463, 465-468, 471, 473,476-moddalariga amal qilgan holda O`zbekiston Respublikasi JKning 176-moddasi 1-qismi bilan sudlanuvchi H.Shokirovga nisbatan 2 yil muddatga, soat 22:00 dan ertalabki 07:00 gacha bo`lgan davrida yashash joyidan chiqishni cheklashdan iborat bo`lgan ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi. Shuningdek, ozodlikni cheklash jazosini o`tash davrida yana qo`shimcha cheklash taqiqlar ham qo`llanildi.
Jinoyat ishi bo`yicha ashyoviy dalil deb topilgan, bir dona LB 93095088R B2 seriya raqamli 100 kupyuralik AQSh dollaridan nusxa olinib, asl nusxasi tegishli tartibda yo`q qilindi.






