AsosiyJamiyat

Samarqanddagi ko`p qavatli uylarga videokuzatuv kameralari o`rnatiladi

'Samarqanddagi ko`p qavatli uylarga videokuzatuv kameralari o`rnatiladi'ning rasmi

O`tgan yil Samarqand viloyati hududida 728 ta o`zgalar mulkini o`g`irlash jinoyati sodir etilgan. O`g`irliklarning 264 tasi fuqarolarning xonadonlariga to`g`ri keladi. Bu haqda «Zarnews.uz» nashri xabar berdi.

2019 yilda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish bo`yicha tasdiqlangan «Yo`l xaritasi»da belgilanishicha, «Xavfsiz xonadon» konsepsiyasi doirasida viloyatdagi 1438 ta ko`p qavatli uylar hamda aholining turur-joylari, ushbu uylar joylashgan ko`chalar boshi, maktabgacha ta`lim muassasalari, maktablar, oliy ta`lim muassasalari, savdo shoxobchalari, chorrahalar, noislomiy diniy ob`ektlar va mehmonxonalar videokuzatuv kameralari bilan jihozlanadi.

Aholi yashash xonadonlarini qo`riqlash pultiga ulash bo`yicha targ`ibot ishlarini tashkillashtirish va bunda asosan ov quroliga ega, hech kim yashamayotgan, uzoq muddatga ishlash uchun chiqib ketgan, oila a`zolari bilan har kuni ishga yoki o`qishga boradigan xonadonlarga asosiy e`tibor qaratiladi.

«Xavfsiz shahar» konsepsiyasi doirasida avtomashinalarda sodir etilayotgan o`g`irlik jinoyatlariga chek qo`yish maqsadida ko`pqavatli uylar, savdo ob`ektlarida va boshqa joylarda videokuzatuv kameralari o`rnatilgan avtoturargohlar tashkil etiladi.

    Boshqa yangiliklar