Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o`zbek tili va adabiyoti universitetida Turkiyaning O`zbekistondagi elchixonasi bilan hamkorlikda Turk tili va madaniyati markazining tantanali ochilish marosimi bo`lib o`tdi. Bu haqda universitet matbuot xizmati xabar berdi.
Marosimda Turkiyaning O`zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Mehmet Sureyya Er janoblari hamda O`zbekiston va Turkiyaning eng mashhur universitetlari olimlari ishtirok etishdi.
Ushbu markazda endilikda turk tilini o`rganuvchilar uchun maxsus to`garaklar, turli adabiy-badiiy kechalar o`tkaziladi. Qolaversa, Turkiya ilm muassasalari bilan hamkorlikda loyihalar ham mazkur markazda muvofiqlashtiriladi.






