O`zbekistonda yolg`iz keksalar va nogironlar har oyda qator oziq-ovqat mahsulotlari bilan bepul ta`minlanadi. Bu haqda "Huquqiy axborot" kanalida ma`lum qilindi.
Xususan, o`zgalar parvarishiga muhtoj bo`lgan yolg`iz keksalar va nogironlar har oyda quyidagi oziq-ovqat mahsulotlari va gigiena tovarlari bilan bepul ta`minlanadi:
- un (oliy nav) – 3 kg;
- guruch – 1 kg;
- grechka yormasi – 0,5;
- makaron mahsulotlari – 0,5 kg;
- makaron mahsulotlari – 0,5 kg;
- mol go`shti (suyaksiz) – 1 kg;
- xonaki parranda go`shti – 1 kg;
- sariyog` – 0,2 kg;
- tuxum (dona) – 15 dona;
- qand-shakar – 1 kg;
- kungaboqar yog`i – 1 litr;
- ko`k yoki qora choy – 0,2 kg;
- atirsovun – 0,1 kg;
- kirsovun (65%) – 0,2 kg;
- kir yuvish poroshogi – 0,15 kg.






