AsosiyJamiyat

Samarqandda rossiyalik professor murakkab operasiyalar o`tkazdi

'Samarqandda rossiyalik professor murakkab operasiyalar o`tkazdi'ning rasmi

Samarqand viloyati nogironlarni reabilitasiya qilish markazida Rossiyaning Sankt-Peterburg shahridagi R.R.Vreden nomli travmatologiya va ortopediya ilmiy-tekshirish instituti professori, tibbiyot fanlari doktori V.Usikov tomonidan bemorlarning tibbiy ko`rigi va murakkab jarrohlik amaliyotlari o`tkazildi. Bu haqda «Zarnews» xabar bermoqda.

Rossiyalik professor besh kun davomida 300 ga yaqin bemorni tibbiy ko`rikdan o`tkazib, ularga maslahat va tavsiyalar berdi.

«Kuniga 30—35 nafar bemorni ko`rikdan o`tkazib, kunning ikkinchi yarmida operasiya qilyapmiz, — deydi viloyat nogironlarni reabilitasiya qilish markazi jarrohlik bo`limi boshlig`i Farhod Botirov. — Hozircha umurtqa pog`onasi kasalliklari bo`lgan to`rt nafar bemorda jarrohlik amaliyotlari o`tkazildi. Bemorlar o`zlarini yaxshi his qilmoqda»

«Bu operasiyalar juda murakkabligi bilan boshqalaridan farqlanadi, — deydi V.Usikov. — Amaliyotni o`ta ehtiyotkorlik bilan amalga oshirish zarur. Mazkur muassasada mahoratli shifokorlar ko`p ekan. Ular bilan hamkorlikda ishlab, ijobiy natijalarga erishayapmiz».

Xorijlik shifokor mahalliy mutaxassislarga mahorat saboqlarini ham o`tmoqda.

    Boshqa yangiliklar