AsosiyJamiyat

Toshkent viloyatida yo`qolgan ikki ayol Buxorodan topildi

'Toshkent viloyatida yo`qolgan ikki ayol Buxorodan topildi'ning rasmi

Xabaringiz bor 2019 yil 2 fevral kuni Toshkent viloyatining Zangiota tumanida yashovchi F.Yu. IIBga murojaat qilib, shu yil 1 fevral kuni soat 11:30larda birga yashovchi rafiqasi S.Yu., dugonasi M.M. bilan birga shu uydan noma`lum tomonga chiqib ketib, bedarak yo`qolganliklarini ma`lum qilgani haqida xabar berilgan edi.

"Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan olib borilgan samarali qidiruv ishlari va fuqarolarimizning faol ishtiroklari tufayli S.Yu. va M.M.lar Buxoro shahar hududidan sog`-salomat topildi.

O`z o`rnida boshqalar taqdiriga befarq bo`lmagan fuqarolarimizga o`z minnatdorchiligimizni bildiramiz", - deyilgan IIV xabarida.

    Boshqa yangiliklar