Innovasion rivojlanish vazirligi huzuridagi Innovasion ishlanmalarni joriy etish ilmiy-amaliy markazi Hindistonning The National Small Industries Corporation Ltd bilan o`zaro hamkorlikni yo`lga qo`yish maqsadida muzokaralar olib bormoqda, deb yozadi O`zA.
Vazirlik axborot xizmati xabariga qaraganda, Sirdaryo viloyatida Hindiston tajribasidan kelib chiqqan holda «Biznes akselerator» tashkil etish masalasi ko`rib chiqilmoqda. Joriy yilning 7-9 fevral kunlari The National Small Industries Corporation Ltd tashkilotining vakillari — Andole Balraj Prabxu Raj va Tyagi Sunil O`zbekistonga taklif etildi. Tashkilot vakillari bilan imzolangan anglashuv memorandumiga ko`ra, «Biznes akselerator»ni tashkil etish davomida The National Small Industries Corporation Ltd hamda «Innovasion ishlanmalarni joriy etish ilmiy-amaliy markazi» hamkorlikda O`zbekistonning boshqa hududlarida ham bu tajribani joriy etish rejalashtirilgan.
Ushbu loyiha yoshlarni ish bilan ta`minlash, ularni tadbirkorlikka qiziqtirish, kichik biznes va kasanachilikni rivojlantirish hamda ma`lum bir kasb-hunarga yo`naltirish kabi bir nechta vazifalarni o`z oldiga qo`ygan.






