AsosiyJamiyat

"Sho`rtangazkimyo" majmuasi ishchisi talonchilar hujumiga uchradi

'"Sho`rtangazkimyo" majmuasi ishchisi talonchilar hujumiga uchradi'ning rasmi

2019 yil 4 fevral kuni Qarshi shahrida fuqarolar A.K., Sh.A., E.N. va N.Sh.lar «Sho`rtangazkimyo» majmuasi ishchisi U.A.ni kuch ishlatish yo`li bilan qo`rqitib, 505 000 so`m puli va «IPhone» mobil telefonini olib, voqea joyidan yashiringan.

Bu haqda O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabarida ma`lum qilindi.

Ko`rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni sodir etgan shaxslar qo`lga olingan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar