AsosiyJamiyat

Jizzaxlik fuqaro ikki hamyurtini Qozog`istonda 600 dollarga sotib yubordi

Jizzaxlik fuqaro ikki hamyurtini aldov yo`li bilan Qozog`istonga olib borib, 600 dollarga sotib yubordi. Bu haqda JizzaxCity.uz’ga tayanib, «Kun» xabar bermoqda.

Xabar berishlaricha, fuqaro ikki hamyurtini Qozog`istonga olib borib, ularni ish beruvchiga topshirib, har biri uchun 300 dollardan pul olib, O`zbekistonga qaytib ketgan.

Qozog`istonda mehnati uchun pul ololmagan, aldangan shaxslar esa katta qiyinchilik bilan O`zbekistonga qaytgan va ushbu holat yuzasidan huquq-tartibot organlariga murojaat qilgan.

«Sud O`zbekiston Jinoyat kodeksining 135-moddasi 2-qismining ‘b’, ‘z’ bandlariga asosan, Jinoyat kodeksining 57-moddasini qo`llab, ayblanuvchi fuqaroni uch yil-u olti oyga ozodlikdan mahrum qilish haqida hukm chiqardi», — deyiladi Yangiobod tuman sudi raisi Elyor Abduvaliev xabarida.

    Boshqa yangiliklar