AsosiyJamiyat

"O`zbekiston" mehmonxonasi sotuvga qo`yildi

'"O`zbekiston" mehmonxonasi sotuvga qo`yildi'ning rasmi

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi ma`lum qilishicha, "O`zbekiston" mehmonxonasi kompleksini sotish bo`yicha ochiq tanlov savdolari o`tkazilmoqda.

"O`zbekiston" mehmonxonasi Toshkentning eng mashhur mehmonxonalaridan biri. U 1974 yilda, shaharning qoq markazida qurilgan. Mehmonxona oynalaridan Amir Temur xiyoboni ko`rinib turadi. Ko`p qavatli mehmonxona er qimirlashiga chidamli bo`lishi uchun yarim aylana shaklida loyihalashtirilgan.

Mehmonxonaning arxitekturasi o`zida zamonaviy, evropa uslublarining milliylik bilan uyg`unligini mujassamlashtiradi. Bu erda Evropa standarlariga to`liq rioya etilgan holda, ammo sharq an`analarini unutmagan holda xizmatlar ko`rsatiladi.

Ma`lum qilinishicha, tanlov predmetining boshlang`ich bahosi 33 million AQSh dollari etib belgilangan.

Xo`sh, muhtasham mehmonxona xorijlik ishbilarmonlarga nasib etadimi yoki mahalliy tadbirkorlarimizga!?

    Boshqa yangiliklar