AsosiyJamiyat

Maishiy chiqindilar yangi qoidalar bo`yicha olib chiqiladi

'Maishiy chiqindilar yangi qoidalar bo`yicha olib chiqiladi'ning rasmi

Qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni to`plash va olib chiqib ketish bo`yicha xizmatlar ko`rsatish qoidalari tasdiqlandi (VMning 6.02.2019 yildagi 95-son qaroriga qarang), deb yozadi Norma.

Ularda quyidagilar nazarda tutilgan:

  • ushbu sohada xizmat ko`rsatishga ixtisoslashgan tashkilotlar tomonidan qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni to`plash va olib chiqib ketish bo`yicha xizmatlar ko`rsatish tartibi;
  • maishiy chiqindilarni to`plash, saqlash va olib chiqib ketishga, shuningdek xizmat ko`rsatuvchi tashkilotlarga doir talablar;
  • ko`rsatiladigan xizmatlar uchun hisob-kitob qilish va jismoniy shaxslarni, shuningdek majburiy to`lovlar bo`yicha qarzdorliklarni hisobga olish tartibi;
  • qattiq maishiy chiqindilarni to`plash va olib chiqib ketish bo`yicha xizmatlar uchun jismoniy shaxslar tomonidan majburiy to`lovlarni to`lash va hisobini yuritishning yagona elektron tizimini shakllantirish va yuritish tartibi;
  • iste`molchilarning, shuningdek xizmat ko`rsatuvchi tashkilotlarning huquq va majburiyatlari.

Hujjatda Prezidentning 22.11.2018 yildagi PF–5580-son Farmonida nazarda tutilgan xizmatlar uchun to`lov to`lash tizimidagi o`zgartirishlar o`z aksini topgan.

Chiqindilarni olib chiqib ketganlik uchun to`lov to`lashning yangi sxemasi jadvalda keltirilgan:

Jismoniy shaxslar

Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar

Endi ommaviy shartnomalar asosida aholiga xizmatlar ko`rsatiladi.

Ilgarigidek, to`lov o`tgan oydan (to`lov amalga oshirilgan) keyingi oyning 10-sanasidan kechiktirmay amalga oshiriladi.

Biroq endi jismoniy shaxslarning to`lovlari yagona tranzit bank hisobvaraqlariga to`lanadi va keyinchalik Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va poytaxt hokimliklarining maxsus g`azna hisobvaraqlariga o`tkaziladi.

Bevosita xizmat ko`rsatuvchi tashkilotlarga to`lov davlat-xususiy sheriklik bitimlari va ikki tomonlama shartnomalar doirasida mahalliy hokimliklardan kelib tushadi

Bevosita xizmat ko`rsatuvchi tashkilotlar bilan shartnomalar tuziladi.

100% oldindan to`lov shartlarida xizmatlar ko`rsatiladi

Bu – muhim! Quyidagi normalar avvalgidek amal qiladi:

  • iste`molchilar avans tariqasida to`langan to`lovlar uchun, ushbu davrda tegishli tariflar oshgan taqdirda, to`lov amalga oshirilgan sanadan 12 oydan oshmaydigan davrga qayta hisob-kitob qilishdan ozod etiladilar;
  • mablag`lar o`z vaqtida o`tkazilmagan taqdirda muddati o`tkazib yuborilgan har bir kun uchun yuridik shaxslardan qarzdorlik summasining 0,4%i va jismoniy shaxslardan 0,1%i miqdorida, biroq qarzdorlik umumiy summasining 50%idan ortiq bo`lmagan miqdorda penya undiriladi.

Penyani hisoblash iste`molchining aniqlashtirilgan qarzdorlik (to`lanmagan qarz) summasidan, shuningdek belgilangan tartibda kiritilgan oldindan to`lov hisobga olingan holda, hisob-kitob davridan keyingi oyning 11-kunidan boshlab amalga oshiriladi.

Qoidalarda Ekologiya davlat qo`mitasi huzurida tashkil etilgan sanitar tozalash markazlarining faoliyatini tashkil etish masalalari qayd etilgan. Ular iste`molchilar, xizmat ko`rsatuvchi tashkilotlar, hokimliklar, fuqarolar yig`inlari va Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi o`rtasida bog`lovchi bo`g`in funksiyasini bajaradilar.

Qattiq maishiy chiqindilarni to`plash va olib chiqib ketish xizmatlari uchun aholidan majburiy to`lovlar to`liq va o`z vaqtida kelib tushishini ta`minlash uchun Majburiy ijro byurosi mas`uldir.

Jismoniy shaxslar – chiqindilarni olib chiqib ketganlik uchun majburiy to`lovlarni to`lovchilarning, shuningdek ularning qarzdorliklari hisobi Hisobga olishning yagona elektron tizimida yuritiladi.

Majburiy ijro byurosi inspektorlari Hisobga olishning yagona elektron tizimida aks ettirilgan hisoblangan summalar haqidagi axborot asosida joriy majburiy to`lovlarni va ular bo`yicha qarzdorlikni undiradilar.

Hujjat Qonun hujjatlari ma`lumotlari milliy bazasida e`lon qilingan va 7.02.2019 yildan kuchga kirdi.

    Boshqa yangiliklar