Samarqand viloyatidagi paxta tozalash korxonalaridan birida texnik chigit tovarshunosi A.K. Kattaqo`rg`on shahrida yashovchi M. ismli shaxs bilan o`zaro jinoiy til biriktirib, 2018 yil hosilidan ishlab chiqarilgan ikkinchi nav birinchi sinfli jami 101,7 ming kilogramm, umumiy qiymati 116,5 million so`mlik juda ko`p miqdordagi texnik chigitni 11 ta yuk tashuvchi mashinaga yuklagan holda, soxta hujjatlar asosida olib chiqib ketayotganda qo`lga olingan.
Ushbu talon-torojlik O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Inspeksiyasining Samarqand viloyati boshqarmasi tomonidan o`tkazilgan nazorat tadbirida aniqlangan.
Bosh prokuratura matbuot xizmati xabariga ko`ra, mazkur holat yuzasidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalariga asosan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






