AsosiyJamiyat

Bojxonachilar "dron" olib kirmoqchi bo`lgan fuqaroni to`xtatib qolishdi

'Bojxonachilar "dron" olib kirmoqchi bo`lgan fuqaroni to`xtatib qolishdi'ning rasmi

Namangan viloyat bojxona boshqarmasining “Namangan aeroporti” chegara bojxona posti xodimlari navbatdagi bojxona qonunbuzilishi holatini aniqlashdi.

Xalqaro reys bilan “Namangan aeroportiga” uchib kelgan fuqaro A.S.ga tegishli yuklar belgilangan tartibda ko`rikdan o`tkazildi. Natijada fuqaro A.S.ning qo`l yuklari orasida Respublikamizga olib kirilishi taqiqlangan 1 dona uchuvchisiz uchish qurilmasi borligi aniqlandi.

Eslatib o`tamiz, mazkur qurilmalarni faqatgina Vazirlar Mahkamasining alohida qarorlarida ko`zda tutilgan hollarda ayrim tashkilotlar tomonidan olib kirish, realizasiya qilish va foydalanishga ruxsat berilgan.

Ushbu holat yuzasidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar