AsosiyJamiyat

Toshkentda o`quvchi qiz kaltaklanishi holati bo`yicha surishtiruv boshlandi

'Toshkentda o`quvchi qiz kaltaklanishi holati bo`yicha surishtiruv boshlandi  'ning rasmi

Mirobod tumanidagi kollej o`quvchisi kursdoshi va uning singlisi tomonidan kaltaklandi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar qildi.

“8 fevral kuni Mirobod tumani IIO FMB navbatchilik qismiga tibbiyot muassasasidan tomonidan ularga 18 yoshli E`zoza R. ismli fuqaro tan shikastlari bilan murojaat qilganligi to`g`risida xabar kelib tushdi”, - deyilgan xabarda.

Qizning aytishicha, u Oygul K. ismli kursdoshi va uning opasi Shaxlo K. bilan janjallashishi oqibatida tan jarohatlari olgan.

Ushbu fakt bo`yicha sud-tibbiy ekspertiza belgilandi, surishtiruv olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar