AsosiyJamiyat

Toshkentda qarama-qarshi yo`lda harakatlangan avtomobil haydovchisi jazolandi

'Toshkentda qarama-qarshi yo`lda harakatlangan avtomobil haydovchisi jazolandi'ning rasmi

Facebook-guruhlaridan birida videoregistrator yordamida qayd etilgan videoyozuv joylandi. Undagi tasvirga qaraganda, 3-fevral kuni soat 13.24 da “Djentra” rusumli avtomobil (davlat raqami 01J177BB) qarama qarshi harakat yo`liga chiqayotganligi aks etgan, deb xabar bermoqda Toshkent IIBB.

"Ushbu avtomobil haydovchisi – 25 yoshli Abdumajid A. Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan topildi.

Mazkur fakt asosida ma`muriy huquqbuzarlik to`g`risida bayonnoma tuzildi", - deyilgan xabarda.

    Boshqa yangiliklar