“Vaqf“ xayriya jamoat fondi Samarqandda yo`lni asfaltlamoqda. Viloyatning Nurobod tumani Oqsoy MFY hududida joylashgan “Hazrati Dovud“ ziyoratgohiga olib boruvchi yo`lning bir kilometrga yaqin qismi fond filiali, ziyoratgoh ma`muriyati hamda homiylar ko`magida ta`mirlandi.
Zarur bo`lgan tashuvchi, tekislovchi texnikalar hamda 40 nafar ishchi jalb etilib, yo`llarga shag`al yotqizildi. Kunlar isishi bilan ushbu hududda “Vaqf“ xayriya jamoat fondi hisobidan asfalt yotqizilishi rejalashtirilgan.
Undan tashqari fond tomonidan ko`plab xayrli ishlar amalga oshirilmoqda. Ushbu ishlar qatorida aholining ehtiyojmand qatlamiga moddiy ko`mak ko`rsatish, nogironligi bo`lgan shaxslar uchun aravalar tarqatish, qishloqlarga ichimlik suvi chiqarish, jarrohlik amaliyoti arafasida turganlarga ko`mak ko`rsatish, masjidlar va madrasalarni qurish, ta`mirlash, uy-joyga muhtojlar uchun uylar qurish kabilarni qayd etib o`tish mumkin.






