AsosiyJamiyat

Qarshidagi "Vatanparvarlar bog`i" Janubiy Koreya tajribasi asosida bunyod etilmoqda

'Qarshidagi "Vatanparvarlar bog`i" Janubiy Koreya tajribasi asosida bunyod etilmoqda'ning rasmi

Qarshi shahrida joylashgan “Vatanparvarlar bog`i”da Janubi-g`arbiy maxsus harbiy okrugi, Qashqadaryo viloyati hokimligi, Ichki ishlar va Favqulodda vaziyatlar vazirliklari, viloyat Yoshlar ittifoqi hamda Ma`naviyat va ma`rifat markazi mas`ul xodimlari ishtirokida matbuot anjumani o`tkazildi.

photo_2019-02-11_17-45-36.jpg

Mingdan ortiq o`quvchi-yoshlar, viloyat faollari va mahalliy aholi vakillari ishtirok etgan tadbirda, bog` hududida kelgusida bajarilishi ko`zda tutilgan keng ko`lamli ishlar haqida batafsil ma`lumot berildi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

photo_2019-02-11_17-45-41.jpg

Bog`dagi muzeyni boyitish uchun maxsus ishchi guruhi tuzilgan bo`lib, ular Janubiy Koreyaning etakchi muzeylarida tajriba oshirib keldi. Eng so`nggi innovasion texnologiyalar asosida bog` va muzey zamonaviy ko`rinish kasb etadi. Kelgusida Amir Temur g`ori maketini ham yasash niyatimiz bor. Bu borada ham ishga kirishilgan. Shuningdek, Amir Temur va Ilyosxo`ja o`rtasida bo`lib o`tgan “Loy jangi” sahnasi ham bog`da aks ettiriladi, – dedi Qashqadaryo viloyati hokimi Zafar Ro`ziev.

photo_2019-02-11_17-45-43.jpg

Prezident topshirig`iga ko`ra, respublikaning barcha viloyatlarida bu kabi bog`lar bunyod etilishi rejalashtirilgan, bunda aynan Qarshi shahridagi “Vatanparvarlar bog`i” namuna bo`lib xizmat qiladi.

Qariyb 7 gektar hududni egallagan “Vatanparvarlar bog`i”da 2018-2019 yillarda 29,3 milliard so`mlik rekonstruksiya ishlarini amalga oshirish mo`ljallangan.

photo_2019-02-11_17-45-46.jpg

Hozirda Mudofaa vazirligi tomonidan taqdim etilgan, turli yillarda xizmat qilgan 24 ta harbiy texnika maketi bog` ko`rkiga ko`rk qo`shib turibdi.

“Vatanparvarlar bog`i”ning faoliyatini samarali yo`lga qo`yish bo`yicha amalga oshiriladigan ishlarning “Yo`l xaritasi”ga muvofiq joriy yilning mart oyiga qadar bog` hududiga bepul “Wi-Fi” o`rnatilishi hamda kutubxonalar bunyod etilishi rejalashtirilgan.

    Boshqa yangiliklar