AsosiyJamiyat

1 martdan shahar telefoni uchun abonent to`lovi oshiriladi

'1 martdan shahar telefoni uchun abonent to`lovi oshiriladi'ning rasmi

«O`zbektelekom» AK 2019 yil 1 martdan «Telekommunikasiya universal xizmatlari tariflarining chegara darajalari» preyskurantiga muvofiq belgilanadigan telekommunikasiya universal xizmatlari tariflari o`zgarishi haqida ma`lum qildi.

Kiritilgan o`zgarishlarga muvofiq, shahar va qishloq telefon tarmog`i abonentlari asosiy telefon apparatidan foydalanganligi uchun abonent to`lovi miqdori oshirildi.

Shu qatorda, telefon aloqasi xizmati uchun abonent to`lovi va vaqtbay to`lov tizimi uchun hisob-kitob tizimi soddalashtirildi va kechki vaqt hamda dam olish (shanba, yakshanba, bayram) kunlari mahalliy va shaharlararo telefon tarmoqlariga amalga oshiriladigan qo`ng`iroqlar uchun pasaytirilgan koeffisientlar bekor qilindi.

Bundan tashqari, xonadonlar telefoni va mehmonxonalarda istiqomat qiluvchi fuqarolar uchun o`rnatilgan telefonlardan kreditga taqdim etiladigan so`zlashuvlarda har bir so`zlashuv uchun ustama miqdoridagi to`lov haqi bekor qilindi.

Kompaniyadan ma`lum qilinishicha, boshqa universal xizmatlar tariflari oldingi holida saqlangan. Shuningdek, telefon tarmog`iga ulash uchun ro`yxatga olish to`lovi va telefondan foydalanishdagi to`lovlarga o`rnatilgan imtiyozlar o`z kuchini saqlab qoladi.

Eslatib o`tamiz, 2018 yil 10 sentyabrdan to`qqiz xonali raqamlash tizimiga o`tish va «shaharlararo telefon aloqasi» xizmatlarini soddalashtirish munosabati bilan mahalliy va shaharlararo aloqa xizmatlari uchun masofaga bog`liq bo`lmagan holda o`rnatilgan limitda oyiga 180 daqiqadan ortiq so`zlashuvning har bir to`liq yoki noto`liq daqiqasi uchun 12 so`m miqdorida yagona tarif belgilangan

    Boshqa yangiliklar