64-yoshli xitoylik erkak o`z xotinini 12 yildan buyon qafasda saqlab kelmoqda. Uning fikricha, bu unga ko`rsatgan mehribonchiligidir. Bu odam xotinini odam savdosi bilan shug`ullanuvchilardan sotib olgan.
2000 yili Guandun provinsiyasida yashovchi quruvchi Lo Szindun (Luo Jindong) aka-ukalar allaqachon uylanganligini, singillari esa turmushga chiqib ketganligini va o`zi ham oila qurishi kerakligini tushunib etadi. Biroq doim ishda bo`ladigan bu odam uchun xotin qidirishga vaqt yo`q edi, shuning uchun oddiy yo`lni tanladi. Uni sotib olish, deb yozmoqda Britaniyaning Mirror nashri. Lo iqtisod qilgan pullarini odam savdosi bilan shug`ullanuvchilarga beradi. Buning o`rniga esa yosh ayolga ega bo`ladi va unga darhol uylanadi.
Bir yildan so`ng tuzilgan nikohdan so`ng o`g`il dunyoga keladi. Baxtli ota unga o`zi ism qo`yadi. Er o`g`lining onasining ismini bilmasdi ham. Quruvchining aytishicha, sotib olingan ayolni avvaliga “xotin” deb chaqiradi, keyinchalik esa unga “o`g`limning onasi” deb murojaat qiladigan bo`ladi.
“Rostdan ham men ishdaligimda onam uni yuganda ushlab turgan. U hech qaerga chiqmagan, shuning uchun unga ism qo`yishning zarurati tug`ilmagan”, - deydi 64 yoshi erkak.
Xitoylikning so`zlariga ko`ra, o`g`li tug`ilgandan bir yil o`tib, xotining ruhiy holati yomonlashib qoladi. Juda asabiyga aylanadi va qaynonasiga tashlanadi. Uning bu harakatlarini muhokama qilgan Lo va onasi, xotinini qafasga qamab qo`yishga qaror qilishadi. Shunday qilib 2002 yili xotin qafasga tushadi.
“Yana nima ham qila olardim?, - deya o`zini oqlashga urindi quruvchi. – Uni davolatishga pulim bo`lmasa, o`sha paytda uyni ta`mirlashga mablag` zarur edi. O`zimni va oilamni boqish uchun har kuni ishlashim kerak edi. Men o`g`limning onasi yonida bo`lishini istadim. Haqiqatdanam uni sevaman. Agar shunday bo`lmaganida uni qamamagan bo`lardim. Har kuni ishga ketishdan oldin unga ovqat pishirib beraman, haftada bir necha marta dush qabul qilishiga ruxsat beraman. Unga imkoniyatimdan kelib chiqib mehribonlik qilyapman, ammo kasalxonaga to`lash uchun pulim yo`q”.






