AsosiyJamiyat

Toshkent Xalqaro yarim marafonga mezbonlik qiladi

'Toshkent Xalqaro yarim marafonga mezbonlik qiladi'ning rasmi

Joriy yilning 24 mart kuni Toshkentda o`tkazilishi kutilayotgan marafonda o`n sakkiz va yigirma besh yoshgacha bo`lgan barcha ishtirok etishi mumkin. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Marafon 21 kilometr masofani o`z ichiga olgan bo`lib, unda Qozog`iston, Qirg`iziston, Tojikiston, Afg`oniston, Turkmaniston, Turkiya va Xitoy davlatlaridan vakillar ham ishtirok etadi.

Musobaqada qatnashish uchun 15 fevraldan 15 martga qadar ro`yxatdan o`tish kerak.

G`oliblar pul mukofoti, medal va esdalik sovg`alar bilan taqdirlanadi.

    Boshqa yangiliklar