Ispaniya Oliy sudi kataloniyalik separatistlar ustidan sud jarayonini boshladi, deya xabar berdi RIA Novosti nashri.
Gap mintaqaning mustaqilligi uchun kurashayotgan 12 nafar siyosatchilar haqida bormoqda. Ular orasida Kataloniya Vazirlar mahkamasi a`zolari va hukumatning sobiq vakili Jordi Turull ham bor. Bu ro`yxatdagi siyosatchilarga nisbatan davlat mablag`larini o`g`irlash, isyon uyushtirish kabi ayblovlar qo`yilgan. Barcha jiddiy ayblovlarga qaramay, Ispaniya hukumati Oliy sudning xolisona faoliyat olib borishiga alohida e`tibor qaratishini ma`lum qildi.






