Rossiyaning Nijnevartovsk shahrida joylashgan turar joy binosida yirik yong`in ro`y berdi, deya xabar qildi Lenta.ru nashri.
Alanga 5 qavatli uyda kelib chiqqan. Voqea oqibatida 2 nafar inson hayotdan ko`z yumgani xabar qilinmoqda. Bino ichida bo`lgan 39 kishi esa evakuasiya qilindi. Olovni bartaraf etish uchun jalb qilingan o`t o`chirish xodimlari deyarli bir soat davomida alanga bilan kurashishgan. Fojianing ro`y berish sabablarini o`rganish maqsadida tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.






